Logo

Qozog'istonnning Atirau shahridagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi

Iyul 19, 2025. 13:27 • 32 soniya

48
Qozog'istonnning Atirau shahridagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi

OQTOV, 19-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan 15-16-iyul kunlari Qozog'istonnning Atirau shahridagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Qabul davomida vaqtincha va doimiy istoqamat qilayotgan O'zbekiston fuqarolariga maslahatlar, konsullik-huquqiy yordam va konsullik xizmat ko'rsatildi.


Shuningdek, Atirau shahrida mehnat faoliyati bilan shug'ulanayotgan O'zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar o'tkazildi.


Muloqotlar chog'ida O'zbekiston hayotida kechayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar haqida aytib o'tildi. Qozog'istonning migratsiyaga oid qonunchiligiga rioya etish shartligi ta'kidlandi.


O'zbekiston fuqarolariga xavfsiz harakatlanishlari uchun 3-iyul va 15-iyul kunlari "Nukus–Aktau" va "Atirau–Toshkent" yo'nalishlarida to'g'ridan-to'g'ri aviaqatnovlar ochilganligi haqida ham ma'lum qilindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish