"El Mundo Financiero": O'zbekiston qonunchiligi bolalar huquqlarini himoya qilish bo'yicha global munozaralarga integratsiyalashmoqda
Iyul 06, 2025. 13:37 • 2 daq
• 71
MADRID, 6-iyul. /"Dunyo" AA/. Ispaniyaning "El Mundo Financiero" onlayn nashrida O'zbekistonda "Bolalarni barcha zo'ravonlik shakllaridan himoya qilish to'g'risida"gi qonun kuchga kirdi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda joriy yilning 15 mayida mamlakatimizda "Bolalarni barcha zo'ravonlik shakllaridan himoya qilish to'g'risida"gi qonunning kuchga kirgani va ushbu normativ hujjat bolalarni himoya qilish bo'yicha davlat tizimining huquqiy hamda institutsional shakllanishida burilish nuqtasi bo'lgani ta'kidlangan.
"Shu tariqa, O'zbekiston qonunchiligi bolalar huquqlarini himoya qilish bo'yicha global munozaralarga integratsiyalashmoqda. Bolalarni himoya qilish uchun mas'ul subyektlar doirasining kengayishi esa alohida ahamiyatga ega. Agar ilgari asosiy mas'uliyat ota-onalar va vasiylik organlariga yuklangan bo'lsa, endi huquqiy maydonga ta'lim, tibbiyot va huquqni muhofaza qilish muassasalari, shuningdek, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari – mahallalar ham kiritildi", – deb yozilgan maqolada.
"Bu choralar YUNISEFning bolalarga nisbatan zo'ravonlikning oldini oladigan mutaxassislarni rag'batlantirish bo'yicha xalqaro tavsiyalari bilan mos keladi va ijtimoiy mas'uliyat qadriyatlarini mustahkamlashga yordam beradi" ,– deya urg'ulangan materialda.
Bundan tashqari, maqolada "Bolalarni barcha zo'ravonlik shakllaridan himoya qilish to'g'risida"gi qonunning qabul qilinishi shunchaki normativ bazani mustahkamlash bo'yicha rasmiy chora emas, balki gumanistik, adolatli va xavfsiz jamiyatni shakllantirishga qaratilgan davlatning siyosiy irodasining ifodasidir deya e'tirof etiladi.
"Mazkur qonun zo'ravonlikdan jabr ko'rgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan yordam va reabilitatsiya markazlarini yaratishni, bola huquqlarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga qaratilgan ta'lim dasturlarini ishlab chiqishni, shuningdek, voyaga yetmaganlar bilan ishlaydigan barcha mutaxassislarning malakasini tizimli oshirishni nazarda tutadi", – deb qayd etilgan "El Mundo Financiero" maqolasida.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi