"Amir Bahodir Yalangto'sh" tarixiy-badiiy filmi Sankt-Peterburgda namoyish etildi
Iyul 06, 2025. 12:39 • 44 soniya
• 67
SANKT-PETERBURG, 6-iyul. /"Dunyo" AA/. Sankt-Peterburg shahrida "Amir Bahodir Yalangto'sh" tarixiy-badiiy filmining premyerasi o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Film namoyishi O'zbekiston yoshlarining mazkur shahridagi vakili va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti qoshidagi O'zbek madaniyati markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbirdan maqsad yoshlarda ona Vatan tarixi va madaniy merosimizga bo'lgan hurmat ruhini shakllantirish, shuningdek, Sankt-Peterburg oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalarni yana-da jipslashtirishdan iborat bo'ldi.
Premyera avvalida so'zga chiqqan O'zbekiston madaniyat markazi direktori va fuqarolik huquqi kafedrasi dotsenti Asel Rashidova bunday tashabbuslar madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishda va yoshlarning tarixiy savodxonligini mustahkamlashda ulkan hissa qo'shishini ta'kidladi.
Kinokartinada buyuk sardor, Registon majmuasi bunyodkori, Samarqandga hokimlik qilgan sarkarda Bahodir Yalangto'shning hayot yo'li va faoliyati hikoya qilinadi.
Filmni tomosha qilgan talabalar, mazkur kinokartina ularda ijobiy taassurot qoldirganini va o'z mamlakatlari tarixi hamda ulug' ajdodlari merosi bilan faxrlanish tuyg'usini tuyganlarini ta'kidlashdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi