Logo

"Vatanga qaytarish" insonparvarlik aksiyasi davomida Rossiyada mushkul ahvolda qolgan 1366 nafar yurtdoshimiz O'zbekistonga olib kelindi

Sentabr 15, 2025. 12:36 • 44 soniya

89
"Vatanga qaytarish" insonparvarlik aksiyasi davomida Rossiyada mushkul ahvolda qolgan 1366 nafar yurtdoshimiz O'zbekistonga olib kelindi

MOSKVA, 15-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 30-iyuldan 30-avgustgacha O'zbekistonda xorijiy mamlakatlarda mushkul ahvolda qolgan yurtdoshlarimizni olib kelishga qaratilgan "Vatanga qaytarish" insonparvarlik aksiyasi o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko'magida aksiya doirasida Rossiyada mushkul ahvolda qolgan 1366 nafar vatandoshimiz yurtimizga qaytarildi. Shuningdek, moddiy qiyinchilikka duch kelgan 323 nafar fuqaroga moliyaviy yordam ko'rsatildi.


Bu raqamlar – oddiy statistika emas. Bu yurtdoshlarimizning hayotga qayta ishonchini, farzandlarning yuzlaridagi quvonchini va har bir oila uchun katta ma'naviy taskinni anglatadi. Har bir qaytgan yurtdoshimiz – quvonch ko'z yoshlari, farzand quchog'i, ota-ona duosi.


Ushbu aksiya – davlatimiz rahbariyatining har bir vatandoshga bo'lgan e'tibori va g'amxo'rligining yorqin namunasidir.


O'zbekiston elchixonasi va Migratsiya agentligi jamoasi, Vatanga muhabbat va xalqqa xizmat tuyg'usi bilan har bir ishni sidqidildan bajarmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish