Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga
Dekabr 11, 2025. 13:12 • 2 daq
• 100KUALA-LUMPUR, 12-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi mamlakatimiz fuqarolarining Malayziyaga kirish qoidalari haqida maʼlumot berdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Qayd etilishicha, ikki mamlakat o‘rtasidagi turistlar oqimini oshirish maqsadida hozirgi vaqtda Toshkent va Kuala-Lumpur shaharlari o‘rtasida “Uzbekistan Airways”, Malayziyaning “Batik Air” va “Air Asia” aviakompaniyalari tomonidan haftasiga 7 marotaba aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.
Malayziyaga kirish uchun O‘zbekiston fuqarolariga 30 kungacha viza talab qilinmaydi.
Malayziyaning migratsiya qonunchiligiga muvofiq, mamlakatga tashrif buyuruvchi O‘zbekiston fuqarolari quyidagi talablarga joriy etilgan:
-Xorijga chiqish pasportining amal qilish muddati kamida 6 oy bo‘lishi kerak;
-Malayziyaga kelgan sanadan boshlab 30 kun ichida amal qiladigan, qaytish yoki uchinchi davlatga parvoz chiptasining ingliz tilidagi chop etilgan nusxasini taqdim etish;
-Mehmonxona (yotoqxona) band qilinganligini tasdiqlovchi hujjatning ingliz tilidagi chop etilgan nusxasini taqdim etish;
-Malayziyada qolish uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lish;
-Agar kirib kelayotgan shaxslar ingliz tilida gaplasha olmasalar, tashrif maqsadlari haqidagi maʼlumotni oldindan ingliz tilida qog‘ozga yozib yoki telefonlarida saqlab qo‘yishlari kerak;
-Malayziyaga kelishdan uch kun oldin https://imigresen-online.imi.gov.my/mdac/main veb-saytida onlayn raqamli kelish kartasini (Malaysia Digital Arrival Card) to‘ldirish va mamlakatga kirishda pasport nazorati punktlarida ushbu chop etilgan kartani taqdim etish.
Yuqorida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilinmagan taqdirda, Malayziya Chegara nazorati va himoyasi agentligi vakillari chegara punktlarida (Kuala-Lumpur xalqaro aeroporti va boshqalar) xorijiy fuqarolarga, jumladan, O‘zbekiston fuqarolariga ham mamlakatga kirishni rad etish huquqiga ega.
Shulardan kelib chiqib, O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi Elchixonasi Malayziyaga safar qilishni rejalashtirayotgan yurtdoshlarimizni yuqorida ko‘rsatilgan talablarni inobatga olishga va ularga qatʼiy rioya qilishga chaqiradi.
Qo‘shimcha maʼlumot uchun O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasiga murojaat qilishingiz mumkin:
Тел.: +603-4253-3406, +603-4253-2406.
Veb-sayt: https://uzbekembassy.com.my/
Facebook: https://www.facebook.com/uzembassymalaysia
Instagram: https://www.instagram.com/uzembassymalaysia/
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Vatandoshlar bilan mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilindi
O‘zbekiston diplomatlari Kopengagenda vatandoshlar bilan uchrashdi
Belgiyada vatandoshlar ishtirokida bayram tadbiri o‘tkazildi