Logo

Ozarbayjonda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi

Noyabr 25, 2025. 08:04 • 39 soniya

84
Ozarbayjonda qiyin ahvolga tushib qolgan yurtdoshimiz vatanga qaytarildi

BAKU, 25-noyabr. /"Dunyo" AA/. Oʻzbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi diplomatlari xorijda ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarga yordam koʻrsatishda davom etmoqda, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Sogʻligidagi jiddiy muammolar, jumladan, mikroinfarktni boshidan kechirgan hamyurtimiz mamlakatimiz elchixonasiga vatanga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirishda amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Elchixona bildirgan ma'lumotlarga koʻra, fuqaro koʻp yillar davomida Ozarbayjonda zarur hujjatlarni rasmiylashtirmasdan yashab kelgan va doimiy koʻchib yurishlar oqibatida shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ham yoʻqotgan.

Fuqaroning tibbiy holati, doimiy yashash joyining yoʻqligi va ogʻir moddiy ahvolini hisobga olgan holda, diplomatlarimiz tomonidan aviachipta sotib olishni ham oʻz ichiga olgan shoshilinch repatriatsiya ishlari amalga oshirildi.

Hozirda fuqaro vatanga muvaffaqiyatli qaytarildi va tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan yurtdoshimizga barcha zaruriy tibbiy hamda ijtimoiy yordam koʻrsatilmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish