"Vatanga qaytarish" loyihasi doirasida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo'lgan 100 dan ortiq vatandoshimiz O'zbekistonga olib kelinadi
Avgust 17, 2025. 08:21 • 35 soniya
• 437
SANKT-PETERBURG, 17-avgust. /"Dunyo" AA/. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida og'ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq O'zbekiston fuqarolari yurtimizga olib kelinadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur insonparvarlik ko'magi O'zbekistonda 30 iyuldan 30 avgustgacha e'lon qilingan "Vatanga qaytarish" loyihasi doirasida mamlakatimiz Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko'magida amalga oshirilyapti.
Aksiyasi doirasida Sankt-Peterburg shahrida og'ir hayotiy vaziyatda bo'lgan 100 dan ortiq O'zbekiston fuqarolariga Vatanga qaytish sertifikatlari va aviachiptalar taqdim etildi. Ular 18-avgust kuni O'zbekistonga kuzatib qo'yiladi.
Bundan tashqari, 33 nafar yurtdoshimizga, shu jumladan, Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo'lgan va og'ir moddiy ahvolda qolgan vatandoshlarga moddiy yordam ko'rsatildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga