O‘zbekiston diplomatlari Novosibirskda og‘ir vaziyatga tushib qolgan hamyurtimizning Vatanga qaytishiga ko‘maklashdi

Noyabr 25, 2026. 16:30 • 56 soniya

• 180
O‘zbekiston diplomatlari Novosibirskda og‘ir vaziyatga tushib qolgan hamyurtimizning Vatanga qaytishiga ko‘maklashdi

NOVOSIBIRSK, 25-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasiga og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan hamyurtimiz, 1973-yilda tug‘ilgan M.U. vatanga qaytishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bosh konsulxona xodimlari tomonidan murojaat zudlik bilan ko‘rib chiqilib, yurtdoshimizga zarur amaliy yordam ko‘rsatildi. Xususan, Migratsiya agentligining vakolatxonasi bilan hamkorlikda uning O‘zbekistonga qaytishini ta’minlash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Ko‘rilgan sa’y-harakatlar natijasida hamyurtimiz Novosibirsk–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi avtobus orqali vatanga qaytarildi.

Ushbu holat xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda vatanimizga qaytishiga ko‘maklashish borasida diplomatik vakolatxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlardan biridir.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish