Xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga qaytarildi

Oktabr 14, 2026. 09:25 • 46 soniya

• 134
Xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga qaytarildi

VLADIVOSTOK, 14-oktabr. /“Dunyo” AA/. Vladivostokda og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida moddiy tomondan qiyin ahvolga tushib qolgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolari, jumladan, A.M, K.M, Y.N, V.Aga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ularga Migratsiya agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aviachiptalar xarid qilinib, joriy yilning 13-oktyabr kuni “Vladivostok – Toshkent” yo‘nalishida amalga oshiriladigan aviareys orqali vatanga qaytishi ta’minlandi.

Mazkur vatandoshlarimizga og‘ir hayotiy vaziyatlarda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilib, qonuniy manfaatlari himoya qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish