"Vatandoshlar" jamoat fondi delegatsiyasi amaliy safar bilan Janubiy Koreyaga bordi
Sentabr 15, 2025. 20:02 • 50 soniya
• 78
SEUL, 15-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Bugun "Vatandoshlar" jamoat fondi delegatsiyaning Janubiy Koreyaga amaliy safari boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif davomida O'zbekiston davlat mustaqilligining o'ttiz to'rt yilligi, O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 34 yilligi munosabati bilan tadbirlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Xususan, Janubiy Koreyaning turli shaharlarida istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalari faollari ishtirokida ko'ngilochar dasturlar, mamlakatimizning tarixiy va madaniy merosini o'zida aks ettiruvchi rasmlar ko'rgazmasi tashkil etiladi. Shuningdek, mahoratli oshpazlarimiz tomonidan o'zbek milliy taomi – palov tayyorlanib, vatandoshlarga ulashiladi.
Bundan tashqari, Janubiy Koreyaning bir qator yetakchi oliy o'quv yurtlarida "O'zbekiston milliy madaniyati burchagi" tashkil etiladi. "Vatandoshlar" jamoat fondi tomonidan ularga milliy cholg'u asboblari, milliy liboslar, hunarmandchilik anjomlari, tarixiy shaharlar va qadriyatlarimiz to'g'risida ma'lumot beruvchi fotoalbomlar, o'zbek tilidagi badiiy adabiyotlar taqdim etilishi ko'zda tutilgan.
Eslatib o'tamiz, bu kabi tadbirlar yaqinda "Vatandoshlar" jamoat fondi tomonidan Amerika Qo'shma Shtatlarida hamyurtlarimiz ishtirokida o'tkazilgan edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga