Logo

O'zbekiston delegatsiyasi Buyuk Britaniyada vaqtincha ishlayotgan hamyurtlarimiz muammolarini o'rgandi

Sentabr 25, 2025. 09:55 • 36 soniya

41
O'zbekiston delegatsiyasi Buyuk Britaniyada vaqtincha ishlayotgan hamyurtlarimiz muammolarini o'rgandi

LONDON, 25-sentyabr. /"Dunyo"AA/. O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev boshchiligidagi yurtimiz delegatsiyasi Buyuk Britaniyaga amaliy safari davomida Kent grafligida joylashgan fermer xo'jaliklari faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur xo'jaliklarda Migratsiya agentligi tomonidan mavsumiy ishlarga yo'naltirilgan O'zbekiston fuqarolar qishloq xo'jaligi sohasida vaqtincha ishlamoqda. Ayni paytda yurtdoshlarimiz bog'dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklarida olma va boshqa mevalarni terish ishlariga jalb etilgan.


Tashriflar davomida delegatsiya a'zolari mazkur xo'jaliklarda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz bilan muloqot qilib, ularning ish va yashash sharoitlari bilan tanishdi.


Ochiq muloqotlar chog'ida vatandoshlarimiz duch kelayotgan muammolari va takliflari o'rganildi. Mehnat huquqi va ijtimoiy masalalar bo'yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish