Logo

Moskva shahrida Rossiyada vaqtincha bo'lib o'tgan O'zbekiston fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi

Aprel 30, 2025. 12:24 • 43 soniya

60
Moskva shahrida Rossiyada vaqtincha bo'lib o'tgan O'zbekiston fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi

MOSKVA, 30-aprel. /"Dunyo" AA/.  O'zbekiston Bosh prokurori o'rinbosari Shoxrux Aminov rahbarligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi tashrif bilan Rossiyada bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Tashrifi doirasida mamlakatimiz elchixonasida Rossiya hududida vaqtincha yashab turgan O'zbekiston fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Shuningdek, delegatsiya a'zolari Moskva shahridagi qurilish obyektlaridan biriga borib, u yerda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O'zbekiston fuqarolari bilan uchrashishdi. Mazkur tadbirlar doirasida delegatsiya a'zolari hamyurtlarimizning murojaatlarini tinglab, ular duch kelayotgan muammolar bilan tanishdilar.

Shu kabi, Rossiyadagi mehnat faoliyati va yashash jarayonidagi muammolar muhokama qilindi va mehnat sharoitlari, mehnat qonunchiligiga rioya etilishi hamda ishchilarning huquq va manfaatlariga oid masalalar ko'rib chiqildi.

Uchrashuvlarda ko'tarilgan masalalar bo'yicha batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi, ayrim murojaatlar joyida hal etildi, qolgan murojaatlar esa alohida nazoratga olinib, Rossiya prokuratura organlariga yuborildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish