O'zbekiston delegatsiyasi Seulda vatandoshlar bilan davra suhbati o'tkazdi
Sentabr 26, 2025. 20:18 • 36 soniya
• 87
TOSHKENT, 26-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi kecha O'zbekistonning Seuldagi elchixonasida talabalar, ilmiy-xodimlar va tadbirkorlardan tashkil topgan vatandoshlar bilan davra suhbati o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, vatandoshlar bilan tizimli muloqot o'rnatish va mamlakatimiz bilan aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash muhimligini ta'kidlandi.
Muhokamalar davomida konsullik xizmatini takomillashtirish, mamlakatning xalqaro nufuzini oshirish, jinoyatchilikning oldini olish, ekstremizmga, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Davra suhbati yakunida fuqarolar o'zlarini qiziqtirgan savollarga tezkor javob oldilar, fuqarolarning yuzaga kelgan muammolari joyida hal etildi.
Ishtirokchilar muntazam hamkorlik zarurligini va ishlab chiqilgan tavsiyalarni amalga oshirishni qo'llab-quvvatladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga