Rossiyaning Krasnoyarsk o'lkasida ishlayotgan vatandoshlar holidan xabar olindi
Iyun 26, 2025. 10:27 • 41 soniya
• 122
KRASNOYARSK, 26-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiyaning Krasnoyarsk o'lkasiga safari chog'ida ushbu hududdagi vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida yurtdoshlarimizning asosiy e'tibori mezbon davlatning migratsiya bo'yicha qonunchiligiga rioya qilish, yuzaga kelgan muammolarni birgalikda tezkorlik bilan hal etish masalalariga qaratildi. Yurtdoshlarimizning qonuniy huquq va manfaatlari buzilgan taqdirda O'zbekiston Bosh konsulxonaga murojaat qilish muhimligi ta'kidlandi.
Shuningdek, Bosh konsulxona faoliyati, vatandoshlarga ko'rsatilayotgan xizmat turlari, jumladan, zarur hujjatlarni tayyorlash, konsullik ro'yxatiga qo'yish tartibi haqida batafsil ma'lumot berildi.
Uchrashuv davomida yurtdoshlarmiz o'zlarini qiziqtirgan savollariga diplomatdan batafsil javob oldilar.
Shuningdek, tashrif davomida Krasnoyarsk shahridagi qurilish sohasida ishlayotgan fuqarolarimizning ish beruvchi tomonidan oylik maoshlari o'z vaqtida berilmagani bo'yicha qilingan murojaat korxona rahbari bilan o'tkazilgan muzokaralardan so'ng tezkorlik bilan hal etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi