"Work and Travel" dasturi asosida Germaniyaga kelgan bir guruh talabalarga yordam ko'rsatildi
Iyun 08, 2025. 15:37 • 2 daq
• 460
FRANKFURT-MAYN, 8-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari yoz mavsumida tashkil etiladigan "Work and Travel" dasturi asosida Germaniyaga kelgan va qiyin moliyaviy ahvolda qolgan Qoraqalpoq davlat universiteti talabalariga amaliy yordam ko'rsatishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashkiliy masalalarda yo'l qo'yilgan ba'zi kamchiliklar sababli safarning birinchi kunidan rejalashtirilgan manzil va ish joyiga yetib bora olmagan hamda yotoqsiz qolgan 14 nafar talaba
diplomatlar va Frankfurt-Mayn shahridagi faol vatandoshlar ko'magida Bosh konsulxonaga olib kelindi.
Issiq ovqat bilan ta'minlanganlaridan ishlash va sayohat qilish maqsadida Germaniyaga kelgan mazkur talabalar bilan muammolarni yuzaga kelish sabablari, mahalliy ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasini bajarilishi holatlari bo'yicha suhbat o'tkazildi. Ularga Germaniyada bo'lish qoidalari tushuntirildi, o'z xavfsizliklarini ta'minlash, shaxsiy mulk va hujjatlarini ehtiyot qilishlari yuzasidan tegishli choralar ko'rishlari lozimligi aytib o'tildi.
Moliyaviy jihatdan qiyin ahvolda qolgan talabalarga tezkorlik bilan yordam ko'rsatish maqsadida O'zbekiston Migratsiya agentligi bilan xar bir talaba belgilangan me'yorda kunlik xarajatlar uchun zarur mablag' bilan ta'minlandi va mehmonxonada yashash xarajatlarini qoplash berish yuzasidan agentlik bilan kelishib olindi.
Shuningdek, talabalarga Frankfurt-Mayn shahridan vaqtincha yashab turishlari uchun mehmonxonadan joy olishda amaliy yordam ko'rsatildi.
Hamyurtlarimizni vaqtincha ish bilan ta'minlashda vositachilik qilgan Germaniyaning "Nova Agency" kompaniyasi mas'ul xodimlari bilan kechgan muloqotda yuzaga kelgan muammolar muhokama qilindi.
Bosh konsulxona diplomatlari talabalarning shartnoma bo'yicha belgilangan ish joyiga yetib borishi va mehnat faoliyatini boshlashlari bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga