Logo

Diplomatlar ko'magida Rossiyada qarovsiz qolgan to'rt nafar bola O'zbekistonga qaytarildi

Fevral 14, 2025. 11:47 • 26 soniya

210
Diplomatlar ko'magida Rossiyada qarovsiz qolgan to'rt nafar bola O'zbekistonga qaytarildi

SANKT-PETERBURG, 14-fevral. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi diplomatlari ko'magida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramog'isiz qolgan to'rt nafar voyaga yetmagan bola O'zbekiston qaytarildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ular ota-onasi bilan Rossiyaga borgan. Ammo bolalarning ota-onalari Rossiya hududida bo'lib turish qoidalarini buzgani sababli deportatsiya qilish uchun vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. Voyaga yetmagan to'rt nafar yurtdoshimiz yaqin tanishlari bilan qolgan.

O'zbekistonlik diplomatlar zudlik bilan voyaga yetmagan hamyurtlarimizning manzilini aniqladi. Shuningdek, ularning Vatanga qaytishiga amaliy yordam ko'rsatildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish