Qozog'istonning Olmaota shahrida ota-ona qaramog'isiz qolgan 9 nafar bola O'zbekistonga olib kelindi
Aprel 09, 2025. 10:03 • 25 soniya
• 288
OLMAOTA, 9-aprel. /"Dunyo" AA/. Qozog'istonning Olmaota shahrida ota-ona qaramog'isiz qolgan 6-17 yosh oralig'idagi 9 nafar hamyurtimiz O'zbekistonga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi xodimlari Qiyin hayotiy vaziyatda bo'lgan bolalarni qo'llab-quvvatlash markazi va Olmaota shahar ta'lim boshqarmasi vakillari bilan birgalikda voyaga etmagan bolalarni O'zbekistonga qaytishi uchun barcha zarur bo'lgan hujjatlarni rasmiylashtirdilar.
Bolalar yaqin qarindoshlariga topshirilishi uchun O'zbekiston Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xodimlariga topshirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga