O'zbekiston diplomatlari Moskva viloyatida qo'lga olingan vatandoshlar bilan uchrashdi
Avgust 10, 2024. 12:52 • 47 soniya
• 553
MOSKVA, 10-avgust. /"Dunyo" AA/. 8-avgust kuni O'zbekiston elchixonasining konsullik bo'limi xodimlari Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva viloyati Odinsovo shahar okrugidagi boshqarmasida bo'lishdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Elchixona telegram-kanali ma'lumotiga ko'ra, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Ichki ishlar vazirligining Odinsovo shahar okrugidagi 5-politsiya bo'limida 4 kundan ortiq vaqt davomida 15 nafar O'zbekiston fuqarolari noqonuniy ushlab turilganligi haqida video material tarqatilgan edi.
Tashrif davomida politsiya bo'limida 15 nafar O'zbekiston fuqarosi borligi aniqlandi, ular o'tkazilgan reyd natijasida hibsga olingan. Vatandoshlarimiz Moskva viloyati hududida, tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan mehnat faoliyati bilan shug'ullanganlari ma'lum bo'ldi.
9-avgust kuni ushbu yurtdoshlarimiz mamlakatdan chiqarib yuborish uchun Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva viloyati bosh boshqarmasi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga joylashtirildi.
"O'zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi O'zbekiston Respublikasi fuqarolaridan Rossiyaga kelishni rejalashtirayotganlardan, shuningdek, mehnat migratsiyasi bo'yicha ushbu mamlakatda bo'lganlardan qabul qiluvchi davlatning belgilangan qonun hujjatlariga rioya qilishlarini so'rab qoladi", — deyiladi xabarda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga