O'zbekiston diplomatlari fuqarolarimizning BAA hududiga kirishi bilan bog'liq vaziyatni nazoratga oldi
Iyun 05, 2025. 17:21 • 51 soniya
• 61
TOSHKENT, 5-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston TIV so'nggi paytlarda Birlashgan Arab Amirliklari hududiga kirishda O'zbekiston fuqarolari duch kelayotgan qiyinchiliklar, xususan, xalqaro aeroportlarda uzoq davom etayotgan tekshiruvlar tufayli fuqarolarimizning ushbu aeroportlarda uzoq vaqt qolib ketayotgani haqida kelib tushayotgan qator murojaatlar yuzasidan tushuntirish berdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimizning BAAdagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan ushbu holatlarni hal qilish maqsadida faol choralar ko'rilmoqda. Diplomatlarimiz doimiy ravishda vaziyatni monitoring qilib, BAAning immigratsion va boshqa tegishli idoralari vakillari bilan uzluksiz muzokaralar olib bormoqda.
Ushbu muzokaralar fuqarolarimizning mamlakat hududiga imkon qadar tezroq va muammosiz kirishini ta'minlashga qaratilgan bo'lib, masalani joyida hal qilish uchun barcha sa'y-harakatlar amalga oshirilyapti.
Shu bilan birga, aeroportlarda yuzaga kelayotgan kechikishlar va tekshiruvlarning sabablari aniqlanmoqda, bu esa masalaning kelib chiqish ildizlarini tushunish va kelajakda bunday holatlarni oldini olishga yordam beradi.
Fuqarolarimizga imkon qadar qulaylik yaratish maqsadida Abu-Dabi shahridagi Elchixonamiz va Dubay shahridagi Bosh konsulxonamiz vakillari doimiy ravishda mahalliy aeroportlarda bo'lib, hamyurtlarimizga ko'mak berishmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi