O'zbekiston Bosh konsulxonasi Dubayda yirik miqdorda qarzdor bo'lib qolgan vatandoshimizga amaliy yordam ko'rsatdi
Fevral 24, 2025. 10:40 • 59 soniya
• 520
DUBAY, 24-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida qiyin moliyaviy ahvolda qolgan vatandoshimizga amaliy yordam ko'rsatildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bosh konsulxonadan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Dubayda qiyin ahvolga tushib qolgan 1957-yilda tug'ilgan yurtdoshimiz N.J. O'zbekistonga qaytishi va yillar davomida to'planib qolgan qarzdorligini bartaraf etishda amaliy yordam ko'rsatishni so'rab murojaat qilgan.
Ma'lum bo'lishicha, u 1996-yilda Dubay shahriga mavsumiy ishlash maqsadida kelgan va turli savdo rastalarida ishlagan. 2001-yildan 2025-yilga qadar hamyurtimiz turli sabablarga ko'ra Amirliklar hududida noqonuniy yashab kelgan.
Birinchi navbatda Bosh konsulxona tomonidan vatandoshimizga konsullik-huquqiy yordam ko'rsatildi va vaqtincha turar joy va oziq – ovqat bilan ta'minlandi.
Surishtiruvlar davomida vatandoshimizning noqonuniy yashab kelayotgan muddatida jami 901 ming 600 dirxam (247 ming 13 AQSh dollari) qarzi to'planib qolgani va ushbu mablag'lar to'lanmaguncha BAA hududini tark eta olmasligi ma'lum bo'ldi.
Bosh konsulxona xodimlari tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarining huquqni muhofaza qiluvchi va tegishli organlari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida N.J.ning barcha qarzlaridan voz kechish va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Joriy yilning 15-fevral kuni Bosh konsulxona diplomatlari va "Ayollar va bolalarga yordam ko'rsatish markazi" xayriya tashkiloti ko'magida yurtdoshimizga "Dubay - Toshkent" aviaqatnoviga chipta solib berilib hamda O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga