Qozog'istonning Aktobe shahridagi vatandoshlar holidan xabar olindi
Iyul 10, 2025. 07:18 • 42 soniya
• 62
AKTOBE, 10-iyul. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari amaliy safar bilan Qozog'istonning Aktobe shahriga bordi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Diplomatlar dastlab Aktobe viloyati Xromtau tumani markaziy shifoxonasida davolanayotgan vatandoshimizning holidan xabar olishdi.
Shundan so'ng, Aktobe shahrida vaqtincha yashayotgan va ishlayotgan O'zbekiston fuqarolari uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi.
Unda vatandoshlarimizning konsullik-huquqiy masalalarga oid murojaatlari ko'rib chiqildi. Hamyurtlarimiz bilan kechgan muloqot chog'ida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar haqida so'zlab berildi. Xorijdagi vatandoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash mamlakatimiz rahbaritining e'tiborida ekanligi urg'ulandi. Qozog'istonning migratsiyaga oid qonunchilik talablariga qat'iyay rioya qilish zarurligi ta'kidlandi.
Bosh konsulxona xodimlari safar davomida, shuningdek, Aktobe viloyatidagi "So'g'diyona" o'zbek etno-madaniy markazi rahbariyati bilan muloqot qildilar. Uchrashuvda markaz huzurida jamoatchilik o'rtasida obro'-e'tibor qozongan va faol vatandoshlarni jalb qilgan holda "Maslahat kengashi"ni tashkil etish xususida fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi