Logo

O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda

Dekabr 18, 2025. 12:15 • 48 soniya

140
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda

OSLO, 18-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston yuqori to‘lov qobiliyati bilan ajralib turadigan Skandinaviya mamlakatlari sayyohlari uchun tobora jozibador maskanga aylanib bormoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Turizm infratuzilmasining rivojlanishi va sohadagi islohotlar tufayli O‘zbekiston Yevropaning ko‘plab mamlakatlarini o‘ziga jalb etmoqda. Jumladan, yuqori to‘lov qobiliyati bilan ajralib turadigan skandinaviyalik sayohatchilar soni tobora ortib borayapti.

Norvegiya fuqarolari uchun ham yurtimizga sayohat qilishi uchun ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, so‘nggi paytlarda ushbu mamlakatdan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi barqaror o‘sib bormoqda.

Yaqinda Norvegiyaning yetakchi turoperatorlaridan biri “Elite Travel” O‘zbekistonga premium toifadagi yangi “Ipak yo‘li xazinalari” turini boshlaganini eʼlon qildi. Paket O‘zbekiston bo‘ylab elita guruh sayohatidan iborat bo‘lib, madaniy turizm ixlosmandlarini norvegiyalik jurnalist Morten Strand hamrohligida Ipak yo‘lining afsonaviy shaharlari – Toshkent, Samarqand va Buxoroni kashf etishga taklif qiladi.

To‘plamga mamlakatimizda joylashgan YUNESKOning jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan mashhur obidalar, tarixiy-madaniy qadamjolar, gastronomik kashfiyot va mahalliy anʼanalar kiritilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Nargiza Saidaliyeva

nargiza@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish