Logo

Germaniyadagi vatandosh xotin-qizlar uchun "Men baxtiyor ayolman" mavzusida seminar-trening tashkil etildi

Iyul 15, 2025. 13:45 • 53 soniya

90
Germaniyadagi vatandosh xotin-qizlar uchun "Men baxtiyor ayolman" mavzusida seminar-trening tashkil etildi

FRANKFURT-MAYN, 15-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasida vatandosh xotin-qizlar ishtirokida "Men baxtiyor ayolman" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbegoyim Women Community" tashabbusi bilan "Vatandoshlar" jamoat fondi ko'magida tashkil etilgan tadbir onalik, oila, mehnat va jamiyatdagi faollik kabi muhim masalalarni qamrab oldi. Unda ayollarning oila va kasbiy faoliyat o'rtasida muvozanatni saqlashi, shaxsiy salohiyatini ro'yobga chiqarishi, ruhiy barqarorlikni ta'minlashi, shuningdek, psixologik muammolarni bartaraf etish yo'llari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir davomida taniqli psixolog Shohida Xoliqova va filolog, iqtisodchi va faol jamoat arbobi Begoyim Sodiqning ma'ruzalari tinglandi

Ishtirokchilar shaxsiy rivojlanish sari ishonch bilan qadam tashlash, o'z ichki kuchi va qobiliyatini qayta kashf etish, ruhiy barqarorlikni saqlash hamda hayot sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan bilim va ko'nikmalarga ega bo'ldilar.

Tashkilotchilarga ko'ra, ushbu trening, ayniqsa, chet elda istiqomat qilayotgan ayollarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni o'z huquq va imkoniyatlarini to'la anglashga undash, sog'lom va ma'rifatli avlod tarbiyasidagi roli, jamiyat barqarorligi va taraqqiyotida tutgan o'rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish