Logo

Xitoyning Xanchjou shahridagi O'zbekiston yoshlari uchun mahorat darsi tashkil etildi

Iyul 14, 2025. 16:24 • 45 soniya

82
Xitoyning Xanchjou shahridagi O'zbekiston yoshlari uchun mahorat darsi tashkil etildi

XANCHJOU, 14-iyul. / "Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan "Asia International Trade" kompaniyasi rahbari, vatandoshimiz Asilbek Xonxo'jayev ishtirokida Xitoyning Xanchjou shahridagi O'zbekiston yoshlari uchun mahorat darsi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mahorat darsi Xitoyning Xanchjou shahridagi "Kelajak fanlari va texnologiyalari parki" hududida joylashgan Xalqaro iste'dodlar markazida bo'lib o'tdi.

Unda markaz rahbariyati va Xitoyning yetakchi oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan o'zbekistonlik talabalar ishtirok etdi.

Asilbek Xonxo'jayev Xitoyda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan o'zbek mahsulotlarining onlayn savdosi, zamonaviy biznes-modellar, elektron tijorat, IT va sun'iy intellekt sohasidagi so'nggi tendensiyalar, shuningdek, Xitoy va xalqaro bozorlarda o'z biznesini tashkil qilish tajribasi haqida to'xtalib o'tdi.

Ishtirokchilar Xitoyda biznesni ro'yxatdan o'tkazish, soliq tizimi, logistika, to'lov platformalari va qonunchilik xususiyatlari bilan tanishdilar. Mahorat darsida, shuningdek, yosh tadbirkorlar yo'l qo'yadigan xatolar va ularni bartaraf etish usullari xususida fikr almashildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish