O'zbekiston ixtirochi ayollari Janubiy Koreyada o'tkazilgan xalqaro ko'rgazmada tengsiz deb topildi
May 31, 2025. 13:43 • 2 daq
• 59
SEUL, 31-may. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ko'magida, о'zbekistonlik olima ayollarning "KIWIE-2025"– Koreya Xalqaro ixtirochi ayollar ko'rgazmasidagi ishtiroki tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir Koreya Ixtirochi ayollari аssotsiatsiyasi va Koreya intellektual mulk ofisi hamkorligida o'tkazildi.
Ko'rgazma doirasida bo'lib o'tgan tanlovda, O'zbekiston olima ayollari qishloq xo'jaligi, texnika, texnologiya, tibbiyot, oziq-ovqat, kimyo yo'nalishlari bo'yicha 6 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza jami 19 ta medalni qo'lga kiritdi.
Shuningdek, "KIWIE-2025"da ishtirok etgan xalqaro tashkilotlarning rahbarlari va ekspertlar tomonidan mamlakatimiz olimalarining 5 ta ixtirosi oltin medal hamda maxsus sovringa munosib ko'rildi. Xususan, Tailand innovatsiyalar va ixtirolarni ilgari surish assotsiatsiyasi tomonidan Toshkent davlat texnika universiteti professori Paraxat Matyakubova va Namangan texnika universiteti professori Maxpuza Yusupova oltin medal, Toshkent davlat agrar universiteti professori Ra'no Yo'ldosheva maxsus sovrin, Xitoy Ixtirochilar assotsiatsiyasi tomonidan Jizzax pedagogika universiteti professori Zuxra Yaxshiyeva oltin medal va Koreya sanoat texnologiyalari assotsiatsiyasi tomonidan Toshkent davlat agrar universiteti professori Go'zal Xolmurodova maxsus sovrin bilan taqdirlandilar.
Bundan tashqari, anjuman davomida O'zbekiston delegatsiyasi a'zolari Koreya Ixtirochi ayollar assotsiatsiyasi tomonidan o'tkazilgan seminar va davra suhbatlarida ham faol ishtirok etdi.
Ko'rgazmada 30 dan ziyod mamlakatlarning 350 dan ortiq olima, ixtirochi va tadbirkor xotin-qizlari texnika, texnologiya, tibbiyot, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat, yengil sanoat, kimyo va sanoatning turli yo'nalishlari bo'yicha o'z ixtirolari hamda innovatsion ishlanmalarini taqadim qildilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi