Malayziyada ta'lim olayotgan vatandosh talabalar holidan xabar olindi
Aprel 28, 2025. 18:01 • 37 soniya
• 78
KUALA-LUMPUR, 28-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi diplomatlari Malayziyada tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Malayya, Petronas texnologiya, Osiyo-Tinch okeani texnologiya va innovatsiya, "Taylors", "Cyberjaya" kabi universitetda tahsil olayotgan talabalar, "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiatlari hamda O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining ushbu mamlakatdagi vakillari ishtirok etdi.
Vatandoshlarga O'zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari haqida batafsil ma'lumot berildi. Xorijda ta'lim olayotgan yoshlarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini ta'minlash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligi qayd etildi.
Malayziyadagi o'zbekistonlik yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ular ishtirokida turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etish bo'yicha fikr almashildi.
Talaba yoshlar O'zbekiston hayotida faol ishtirok etishga, mamlakatimizni yana-da rivojlantirishga o'z hissalarini qo'shishga tayyor ekanliklarini ta'kidladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi