Rossiyaning Samara viloyatida mushkul ahvolda qolgan ona va uning voyaga yetmagan farzandlari O'zbekistonga qaytarildi
Oktabr 24, 2025. 10:20 • 38 soniya
• 135
SAMARA, 25-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi sa'y-harakatlari bilan Rossiyaning Samara viloyatida mushkul ahvolda qolgan N.T. va uning voyaga yetmagan farzandlari O'zbekistonga olib keldi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.
Bosh konsulxonadan olingan ma'lumotga ko'ra, Samara viloyati ichki ishlar xodimlari N.T. va uning bolalarini shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlari yo'qligini ro'kach qilib politsiya bo'limiga olib ketgan. Shundan so'ng, N.T. Samara viloyatidagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga, bolalar esa Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markaziga va Samara shahri bo'yicha Vasiylik va homiylik organlar xodimlariga topshirilgan.
Bosh konsulxona xodimlari Samara viloyatining tegishli idoralari bilan olib borgan muzokaralari natijasida hamyurtlarimizni Vatanga qaytarish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Vatandoshlarimiz "Samara-Toshkent" yo'nalishi bo'yicha aviareysi orqali O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga