O'zbekiston diplomatlari Navro'z bayrami arafasida Oqtov shahridagi mehnat migrantlari holidan xabar olishdi
Mart 19, 2024. 19:47 • 35 soniya
• 220
OQTOV, 19-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulligi xodimlari Oqtov shahridagi "Ilon Tower" turar-joy majmuasi qurilish ishlarida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot avvalida diplomatlar yurtdoshlarimizni muqaddas Ramazon oyi kirib kelishi va Navro'z umumxalq bayrami bilan tabriklashdi.
Ishtirokchilarga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan o'zgarishlar, hukumat tomonidan xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimizni ijtimoiy va huquqiy qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar xususida batafsil ma'lumot berildi.
Vatandoshlarga mezbon davlat qonun-qoidalariga rioya etish zarurligi ta'kidlandi. Shuningdek, migratsiya sohasidagi yangi talablar haqida aytib o'tildi.
Bo'lib o'tgan muloqot so'ngida mehnat migrantlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga diplomatlardan batafsil javob olishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi