Rossiyaning Ural federal okrugida mushkul ahvolga qolgan olti nafar hamyurtimiz oilasi bag'riga qaytarildi
Avgust 25, 2025. 11:18 • 31 soniya
• 109
YEKATERINBURG, 25-avgust. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi hamkorligida Ural federal okrigida qiyin ahvolga tushib qolgan hamyurtlarimizga amaliy yordam ko'rsatildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, 12 nafar hamyurtimizning murojaati asosida zarur hujjatlar rasmiylashtirdi va ulardan 6 nafariga oilasi bag'riga qaytishi uchun "Yekaterinburg-Toshkent" yo'nalishidagi samolyotga chipta sotib olib berildi.
Vatandoshlarimiz 23-avgust kuni Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi xodimlari tomonidan Toshkent shahriga kuzatib qo'yildi.
Eslatib o'tamiz, ushbu loyiha joriy yilning 30-iyulidan 30-avgustiga qadar O'zbekistonda e'lon qilingan "Vatanga qaytarish" insonparvarlik aksiyasi doirasida amalga oshirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga