Ona va uning farzandlari Xakasiyadan Vatanga qaytarildi
Noyabr 07, 2025. 09:53 • 57 soniya
• 566
ABAKAN, 7-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan ona va uning uch farzandi Vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Ushbu oila Xakasiya Respublikasi poytaxti Abakan shahrida turli qiyinchiliklarga duch kelib, og'ir moddiy ahvolga tushib qolgan. Ular nafaqat moliyaviy ko'makka, balki konsullik ko'magiga ham muhtoj edi.
Bosh konsullik ularning ahvolini tezda o'rganib, zarur yordam ko'rsatdi: oilani O'zbekistonga qaytarish uchun barcha hujjatlar tayyorladi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko'magida aviachiptalar sotib olindi.
Yurtimizning chet mamlakatlaridagi konsullik idoralari tomonidan amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar Yangi O'zbekistonning tashqi siyosatda ham o'z o'rniga egaligi, vatandoshlar manfaatlarini himoya qilish ustuvor ahamiyat kasb etishini tasdiqlaydi.
O'zbekistonning hech bir fuqarosi e'tiboran chetda qolmaydi va zarur hollarda Vataniga yetib olishi uchun barcha tegishli amallar bajariladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi