Pokistonda og'ir vaziyatga tushib qolgan vatandoshimiz O'zbekistonga qaytarildi
Iyul 21, 2025. 10:01 • 39 soniya
• 227
ISLOMOBOD, 21-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi diplomatlari say'-harakatlari bilan Pokistonda og'ir vaziyatga tushib qolgan hamyurtimiz oilasi bag'riga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O'zbekiston fuqarosi E.X. mamlakatimiz elchixonasiga murojaat qilib, og'ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolganini, vaqtinchalik turar joy va kundalik ehtiyojlar uchun zarur mablag'ga ega emasligini ma'lum qilib, yordam so'ragan.
Vatandoshimizning murojaati elchixona tomonidan alohida nazoratga olinib, qisqa fursat ichida zarur konsullik-huquqiy va moddiy yordam ko'rsatish bo'yicha choralar ko'rildi.
Yurtdoshimizga O'zbekistonga qaytish uchun tegishli konsullik guvohnomasi rasmiylashtirildi va elchixona xodimlari hamda homiylar ko'magida aviachipta xarid qilindi. E.X. kuni kecha "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining Islomobod-Toshkent aviareysi bilan Vatanga qaytarildi.
Vatandoshlarimizni har qanday holatda yolg'iz qoldirmaslik, ularga konsullik-huquqiy yordami ko'rsatish – O'zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga