Logo

O'zbekiston elchixonasi Hindistonning Bengaluru shahrida vatandosh ayolning jasadi topilishi bilan bog'liq vaziyatni o'z nazoratiga oldi

Mart 14, 2024. 17:52 • 48 soniya

1108
O'zbekiston elchixonasi Hindistonning Bengaluru shahrida vatandosh ayolning jasadi topilishi bilan bog'liq vaziyatni o'z nazoratiga oldi

DEHLI, 14-mart. /"Dunyo" AA/. Hindistonning Karnataka shtati Bengaluru shahridagi mehmonxonalardan birida o'zbekistonlik ayolning jasadi topilgan, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi Bengaluru shahri politsiya idorasi vakillari bilan tezkor tarzda aloqa o'rnatdi va mazkur holat bo'yicha oydinlik kiritish bo'yicha harakatlarni amalga oshirmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, joriy yil 13-mart kuni mazkur shaharning "Jagadish Hotel" mehmonxonasida O'zbekiston fuqarosi, 1997-yil Qashqadaryo viloyatida tug'ilgan Z.J. ismli ayol o'z xonasida o'lik holatida topilgan.

Hozir mutasaddi tashkilotlar tomonidan mazkur hodisaning sabablari aniqlanmoqda. Diplomatik missiyasining konsullik bo'limi ushbu jarayonni o'z nazoratiga olgan.

Elchixona tomonidan zarur konsullik-huquqiy yordam ko'rsatilishini tashkil etish maqsadida marhumaning oila a'zolari bilan aloqa o'rnatish choralari ko'rilmoqda.

O'zbekistonning Dehlidagi elchixonasi ushbu voqea yuzasidan ma'lumotlarga ega bo'lganlardan dipmissiya konsullik bo'limiga quyidagi aloqa vositalari orqali murojaat qilishini so'raydi:

Telefon: +91 11 2467 0774/75

El. pochta: in.uzembassy@mfa.uz va info.uzbekembassy@gmail.com

Telegram-bot: @consuluzbindia_bot

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish