Kanadadagi O'zbekiston fuqarolari uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi
Iyun 17, 2025. 12:24 • 35 soniya
• 121
TORONTO, 17-iyun. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 14-15-iyun kunlari O'zbekiston elchixonasi tomonidan Kanadaning Ontario provinsiyasi Toronto shahrida vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Qabul davomida Kanadaning Ontario, Britaniya Kolumbiyasi, Kvebek, Manitoba va Alberta hududlarida istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizga konsullik yordami ko'rsatildi. Jumladan, hamyurtlarimizning vaqtinchalik konsullik hisobiga qo'yish, pasport rasmiylashtirish, O'zbekistonga qaytish guvohnomasini olish va notarial xizmatlar ko'rsatish bo'yicha murojaatlari hal etildi.
Shuningdek, vatandoshlar bilan kechgan muloqot chog'ida Kanadadagi immigratsiya qoidalari, mamlakatga qonuniy kirish va yashash, ishlash, fuqarolik hujjatlarini vaqtida rasmiylashtirish bo'yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.
Vatandoshlar o'z navbatida, mamlakatimiz hukumatiga xorijdagi O'zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish bo'yicha ko'rsatilayotgan e'tibor uchun minnatdorlik bildirishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi