Shvetsiyadagi vatandoshlar o'rtasida futbol bo'yicha O'zbekiston elchixonasi kubogi turniri bo'lib o'tdi
Iyun 23, 2025. 11:07 • 53 soniya
• 59
STOKGOLM, 23-iyun. /"Dunyo" AA/. Yurtimiz elchixonasi tomonidan 30 iyun – O'zbekiston yoshlari kuni munosabati bilan Shvetsiyadagi vatandoshlar o'rtasida futbol turniri o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda 10 ta jamoa 2 guruhga bo'lingan holda o'zaro bahs olib bordi. Xususan "A" guruhidan "Maksimum", "Ko'ktosh", "Xoffen", "Shunqor" va "Boburiylar" jamoalari joy oldi. "B" guruhida esa "Qashqadaryo", "Xoffen-2", "Ishtixon", "Ko'ktosh-2" va "Parsez" jamoalari o'zaro kurash olib bordi.
Guruh bosqichi va final o'yinlari murosasiz, kurashlarga boy va sport prinsiplariga xos tarzda o'tdi. Aksariyat jamoalar yuqori darajada o'yin namoyish etishdi. Buni o'yinlarni boshqarib borgan shvetsiyalik hakamlar va tomoshabinlar ham ta'kidladilar.
Turnir yakunlariga ko'ra, birinchi o'rinni "Ko'ktosh" jamoasi egalladi. "Maksimum" jamoasi ikkinchi, "Qashqadaryo" uchinchi o'rinni band etdi.
G'olib jamoaga O'zbekiston elchixonasi kubogi topshirildi. Sovrindor jamoalar ham diplomatik missiya va homiylar tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, "Turnirning eng yaxshi futbolchisi" va "Eng yaxshi darvozabon" nominatsiyalarida eng yaxshilar aniqlandi.
Shuningdek, tadbir doirasida taniqli o'zbek xonandalari Xurshid Rasulov, Mustafo va "Saxar" guruhi ishtirokida konsert dasturi bo'lib o'tdi.
Vatandoshlar o'rtasidagi navbatdagi futbol turnirini Norvegiya va Daniyada tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi