Logo

Rossiyaning Ural federal okrugida mushkul ahvolda qolgan ona va bolalari O'zbekistonga olib kelindi

Avgust 27, 2025. 07:25 • 36 soniya

129
Rossiyaning Ural federal okrugida mushkul ahvolda qolgan ona va bolalari O'zbekistonga olib kelindi

YEKATERINBURG, 27-avgust. /"Dunyo" AA/. Rossiyaning Ural federal okrugida joylashgan Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash muassasalarida saqlanayotgan vatandosh ayollar va bolalarni O'zbekistonga qaytarish bo'yicha amaliy ishlar amalga oshirilyapti, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, O'zbekiston Bosh konsulxonaga Namangan viloyatida tug'ilgan R. F. o'zi va ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarini Vatanga qaytarishda amaliy yordam so'rab murojaat qilgan.

R.F. bilan o'tkazilgan suhbat davomida uning haqiqatdan ham farzandlari bilan og'ir ahvolda qolgani, ayrim hujjatlari yo'qligi ma'lum bo'ldi. Bosh konsulxona sa'y-harakatlari bilan hamyurtlarimizning hujjatlari rasmiylashtirib berildi va "Yekaterinburg–Namangan" yo'nalishidagi samolyotga chipta sotib olindi.

Vatandoshlarimiz 25-avgust kuni Bosh konsulxona xodimlari tomonidan Namanganga kuzatib qo'yildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish