Ozarbayjondagi mehnat migrantlari muammolari o'rganildi
Fevral 27, 2024. 10:14 • 41 soniya
• 248
BOKU, 27-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston diplomatlari Boku shahridagi «Ilk Insaat» qurilish kompaniyasida vaqtincha ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida hamyurtlarimiz duch kelayotgan muammo va qiyinchiliklar xususida fikr almashildi. Ishtirokchilarga konsullik va huquqiy masalalar bo'yicha tegishli maslahatlar, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatimiz tomonidan chet eldagi vatandoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularning haq-huquqlari himoyasini mustahkam ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi.
Migratsiya siyosatini takomillashtirish bo'yicha qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar, xususan, davlatimiz rahbarining «Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi Farmonining mazmun-mohiyati ta'kidlandi.
Shuningdek, xorijdagi yurtdoshlar bilan munosabatlarni yanada mustahkamlash va ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan "Vatandoshlar" jamoat fondi faoliyati haqidagi ma'lumotlar aytib o'tildi.
Uchrashuv yakunida «Uz-Az Mehnat Muxojirlari» telegram-kanali orqali muntazam muloqotni davom ettirish bo'yicha kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga