Tailandda og'ir tan jarohati olgan O'zbekiston fuqarosiga yordam ko'rsatildi
Fevral 24, 2025. 18:30 • 45 soniya
• 462
BANGKOK, 24-fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi ko'magida Tailandda baxtsiz hodisa natijasida og'ir tan jarohati olgan yurtdoshimiz Vatanga qaytdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

2024-yil 7-dekabr kuni Pattaya shahridagi mehmonxonaning 6-qavatidagi balkondan pastga tushib ketishi natijasida og'ir jarohat olgan va kasalxonada davolanayotgan yurtdoshimizga konsullik-huquqiy yordam ko'rsatildi.
Bosh konsulxona konsuli "Chonburi Hospital" kasalxonasida bo'lib hamyurtimiz holidan xabar oldi. Shuningdek, tibbiyot muassasasida davolanish vaqtida yuzaga kelgan 352.257 Tailand bati miqdoridagi qarzdorlik ijobiy hal qilindi. Xususan, tibbiy muassasa rahbariyati bilan o'tkazilgan muzokaralar natijasida umumiy qarzdorlikning 101.000 bati bemor va homiylar tomonidan to'lab berildi. Qolgan 251.257 bat (7400 AQSh dollari) miqdoridagi qarzdan kasalxona ma'muriyati voz kechdi.
Shuningdek, hamyurtimizning pasporti yo'qolganligi sababli unga Bosh konsulxona tomonidan Vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirildi va "Uzbekistan Airways" AJning "Bangkok–Toshkent" yo'nalishidagi samolyotga aviachipta sotib olib berildi hamda bemor uchun maxsus joy ajratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga