Janubiy Koreyadagi bo'sh ish o'rinlariga o'zbekistonlik ishchilarning ko'proq kirib kelishini ta'minlash masalalari muhokama qilindi
Yanvar 19, 2024. 11:38 • 39 soniya
• 186
SEUL, 19-yanvar. /"Dunyo" AA/. Koreya Respublikasida bo'sh ish o'rinlariga belgilangan kvotalar uchun o'zbekistonlik ishchilarni ko'proq kirib kelishini ta'minlash maqsadida koreys ish beruvchilari o'rtasida keng targ'ibot ishlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasi xodimlari «Heechang C&F Co., Ltd.» korxonasi boshqaruv direktori Kang Hi Daye bilan uchrashuv o'tkazdilar.
Unda mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Kompaniya rahbari tashkilotda mehnat qilayotgan O'zbekiston fuqarolarining korxona ish samaradorligiga munosib hissa qo'shayotganini, mehnat munosabatlarida intizomli hamda ishga mas'uliyat bilan yondashuvi kabi ijobiy xislatlari bilan ajralib turishini e'tirof etdi.
Muloqot yakunida kelgusida mazkur korxonadagi bo'sh ish o'rinlariga o'zbekistonlik ishchilarni jalb qilishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
