Ozarbayjonda mushkul ahvolda qolgan yurtdoshimiz O'zbekistonga qaytarildi
Sentabr 09, 2025. 12:19 • 51 soniya
• 151
BOKU, 9-sentyabr /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi xodimlari ko'magida Boku shahrida og'ir vaziyatga tushib qolgan hamyurtimizning oilasi bag'riga qaytishi ta'minlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Diplomatik missiya ma'lumotiga ko'ra, Namangan viloyatida tug'ilgan vatandoshimiz X.M. O'zbekistonga yetib olishi uchun yordam so'rab murojaat qilgan.
Ma'lum bo'lishicha X.M. 2-sentyabr kuni vaqtincha ishlash maqsadida Ozarbayjon hududi orqali Gruziyaga borish uchun Boku shahriga kelgan. Biroq, Gruziya chegara xizmati xodimlari unga kirishga ruxsat bermagan va u ortga qaytishga majbur bo'lgan.
Murojaat o'rnatilgan tartibda o'rganilganidan so'ng yurtdoshimizga yordam ko'rsatildi. X.M. uchun Boku – Toshkent yo'nalishidagi samolyotga aviachipta sotib olindi va u 8-sentyabr sanasida O'zbekistonga kuzatib qo'yildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




