Polshada axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan va ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
Avgust 14, 2024. 17:16 • 2 daq
• 123
VARSHAVA, 14-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Polshada axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan va ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda, shuningdek, "IT Park Uzbekistan" loyihasi vakillari videokonferensiya shaklida ishtirok etdi.
Vatandoshlarga IT Park faoliyati, rezidentlar uchun yaratilgan sharoitlar, istiqboldagi rejalar, shuningdek, autsorsing asosida ishlash imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi. IT Park O'zbekistonning barcha hududlarida o'z filiallarini ochgani, masofaviy ishlash uchun imkoniyatlar kengaygani ta'kidlandi.
Tadbir davomida o'zbekistonlik IT mutaxassislarning xalqaro maydonda erishayotgan yutuqlari, mamlakatimizda ushbu sohani yanada rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashildi.
Bundan tashqari, mamlakatimizda aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ilm-fan va ta'limni rivojlantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasidagi keng ko'lamli ishlar haqida so'zlab berildi. O'zbekistonning yoshlarga oid davlat siyosati mazmun-mohiyati, xorijda ishlayotgan yoki ta'lim olayotgan yoshlarimizni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha dasturlarga urg'u berildi.
Ishtirokchilar e'tibori shu yilning 27-oktabr kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylovlari uchun ko'rilayotgan tayyorgarlik jarayonlariga qaratildi.
Polshada tahsil olayotgan hamyurtlarimiz o'z navbatlarida, davlatimiz rahbari rahnamoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda faol ishtirok etish, xorijda egallagan bilim va ko'nikmalarini yurtimiz ravnaqiga yo'naltirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi