O'zbekistonlik yetakchi san'atshunos va ijodkorning shaxsiy ko'rgazmasi Londonda tashkil etiladi
Sentabr 05, 2024. 09:04 • 44 soniya
• 253
LONDON, 5-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov taniqli ijodkor, yetakchi san'atshunos, vatandoshimiz Aziza Qodiriy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Aziza Qodiriy san'atning rassomchilik, hunarmandchilik, sohalarida, shuningdek eksperimental kostyumlar, to'qimachilik mahsulotlari, spektakllar, installyatsiyalar yaratish yo'nalishlarida samarali ijod qilib kelmoqda.
Ijodkor 2017-yilda Pekindagi Singhua universitetining dizayn va moda yo'nalishini, 2020-yilda esa Londondagi Markaziy Sent-Martins universitetining magistratura bosqichini tamomlagan.
O'zining professional faoliyati davomida u butun Yevroosiyo qit'asida xalqaro miqyosda teatr, jonli ijrolar, filmlar va HR loyihalari uchun maxsus dizaynlarni yaratgan. Shuningdek, u bir qator ijtimoiy yo'naltirilgan loyihalar bo'yicha mahorat darslarini o'tkazib kelmoqda.
E'tiborli tomoni Aziza Qodiriy joriy yilgi Venetsiya biyennalesida O'zbekiston Milliy pavilyonining bosh rassomi yetib tayinlangan.
Suhbat davomida mazkur yo'nalishlarda hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish va O'zbekiston san'ati hamda madaniyatini keng targ'ib etish maqsadida kelgusida birgalikda Londonda ko'rgazmalar tashkil etish to'g'risida kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga