Logo

Buyuk Britaniya hukumatining "Chevening" dasturi doirasida ta'lim olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Iyul 26, 2025. 13:06 • 48 soniya

85
Buyuk Britaniya hukumatining "Chevening" dasturi doirasida ta'lim olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

LONDON, 26-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Britaniya hukumatining "Chevening" stipendiyasi doirasida ushbu mamlakatda ta'lim olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Joriy yilda O'zbekistondan mazkur dastur doirasida tahsil olayotgan stipendiantlar soni ilk bor 15 nafarga yetdi. Iqtidorli yoshlarimiz University of Birmingham, University College London, Queen Mary University of London, University of Warwick, University of Edinburgh kabi yetakchi oliy ta'lim muassasalarida magistratura bosqichida ta'lim olmoqda.

Muloqot davomida ta'lim jarayoni, olingan bilim va tajriba, va ularni O'zbekistonda qo'llash istiqbollari haqida fikr almashildi. Stipendiantlar o'z bilim va salohiyatlarini mamlakatimiz taraqqiyotiga yo'naltirish, davlat va jamiyat rivojiga hissa qo'shish borasidagi reja va maqsadlari bilan o'rtoqlashdilar.

"Chevening" dasturi doirasida butun dunyodan yetakchilik salohiyatga ega, kamida 2 yillik ish stajiga ega yosh mutaxassislar Britaniya universitetlarning magistratura yo'nalishida bepul ta'lim oladilar. 1994-yildan buyon 200 dan ortiq O'zbekiston yoshlari "Chevening" stipendianti bo'ldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish