Rossiyadagi yosh vatandoshlar o'rtasida futbol turniri o'tkazildi
Iyun 30, 2025. 12:10 • 52 soniya
• 60
MOSKVA, 30-iyun. /"Dunyo" AA/. 30-iyun – O'zbekistonda yoshlar kuni munosabati bilan Rossiyada tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan vatandoshlar o'rtasida mini-futbol turniri o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Yurtimiz elchixonasi va O'zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi bilan birgalikda tashkil etilgan musobaqada Rossiya xalqlar do'stligi universiteti, Moskva davlat universiteti, Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti, Sechenov nomidagi birinchi tibbiyot universiteti, Plexanov nomidagi iqtisod universiteti, Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutida tahsil olayotgan hamda Moskvada ishlayotgan yurtdoshlarimizdan iborat jamoalar o'zaro kurash olib bordi.
Turnirning ochilish marosimida so'zga chiqqan diplomatlar ishtirokchilarni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan tabriklab ularning nufuzli xorijiy universitetlarda bilim olishi nafaqat shaxsiy yutuq, balki har bir kishining Yangi O'zbekiston taraqqiyotiga qo'shayotgan muhim hissasi ekkanligini qayd etdilar. Shu bilan birga "O'zbekiston-2030" strategiyasida yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, iste'dod va qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish belgilangani aytib o'tildi.
Ta'kidlash joizki, shu kuni futbol ko'rish uchun kelgan ishqibozlar murosasiz, kurashlar va kombinatsiyalarga boy bahslarning guvohi bo'lishdi.
Bo'lib o'tgan turnir yakunida uning ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va medallar bilan taqdirlandilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi