AQShda O'zbekiston milliy terma jamoasini qo'llab-quvvatlash bo'yicha fan-klub tashkil etildi
Iyul 19, 2025. 08:06 • 2 daq
• 182
VASHINGTON, 19-iyul. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi huzurida AQSh va Kanadadagi o'zbek diasporal tashkilotlari bilan birgalikda 2026-yilda bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etadigan O'zbekiston milliy terma jamoasini qo'llab-quvvatlash bo'yicha fan-klub tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo AA muxbiri.

Fan-klubning tashkil etilishi nafaqat 2026-yilgi jahon chempionati oldidan muxlislarni safarbar etish, balki milliy o'zlikni mustahkamlash, xorijdagi vatandoshlarni birlashtirish, diaspora jamoalari, ayniqsa, Shimoliy Amerikada yashovchi yoshlar va talabalar o'rtasida vatanparvarlik tuyg'usini yuksaltirishga qaratilgan.
Muxlislar klubi O'zbekistonning zamonaviy, sport va madaniyatga boy mamlakat sifatidagi ijobiy imijini targ'ib qiluvchi xalq diplomatiyasining samarali vositasiga aylanadi. Fan-klub tadbirlari doirasida o'zbek madaniyati, urf-odatlari, milliy taomlari, musiqasi, hunarmandchiligi va sayyohlik imkoniyatlarini namoyish etish uchun madaniyatlararo muloqot tili sifatida sport imkoniyatlaridan faol foydalanish rejalashtirilgan. Bu, o'z navbatida, O'zbekistonga ochiq va jadal rivojlanayotgan, turizm, sarmoyaviy va gumanitar hamkorlik uchun jozibador davlat sifatida qiziqish ortishiga xizmat qiladi.
Shuningdek, ushbu loyiha doirasida O'zbekiston milliy brendini AQSh va Kanadada targ'ib qilishga alohida e'tibor qaratiladi.
Fan-klubning birinchi yig'ilishi doirasida diaspora tashkilotlari vakillari, talabalar jamoalari, sport va madaniyat faollari ishtirokida onlayn shaklda o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Yig'ilishda klub formati va tuzilmasini tasdiqlash, "JCH-2026" oldidan va davomidagi asosiy tadbirlarni aniqlash, O'zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlar o'tkaziladigan shaharlar ma'muriyatlari bilan o'tkaziladigan tadbirlarning aniq mexanizmlarini kelishib olish rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi