Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida Benilyuks – O'zbekistonlik ayollar jamiyati tashkil etildi
Iyul 18, 2025. 16:22 • 55 soniya
• 188
EYNDXOVEN, 18-iyul. / "Dunyo" AA/. Eyndxoven shahrida Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg davlatlaridagi faol ayol vatandoshlarimiz tashabbusi bilan "Benilyuks – O'zbekistonlik ayollar jamiyati" tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tuzilma faol vatandosh ayollarni jipslashtirish, turli vaziyatlar tufayli og'ir ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga yaqindan ko'mak ko'rsatish, milliy urf-odat, madaniyatimiz va ona tilimizni saqlab qolish, shuningdek, O'zbekistonni xorijliklar o'rtasida yanada kengroq tanitish va ommalashtirish kabi vazifalarni bajaradi. Shuningdek, qo'shma loyihalar, madaniy va sport tadbirlari hamda ijtimoiy dasturlarni Benilyuks davlatlarida tashkil etish rejalashtirilgan.
Jamiyatning rasmiy ochilish marosimida Antverpen, Bryussel, Someren, Rotterdam va Roermond shaharlaridagi vatandosh ayollar, mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari hamda onlayn tarzda "Vatandoshlar" jamoat fondi rahbari Odiljon Sattarov va boshqalar ishtirok etdi.
"Benilyuks – O'zbekistonlik ayollar hamjamiyati" rahbari lavozimiga Niderlandiyada yashayotgan vatandoshimiz Gulbahor Jalilova va uning o'rinbosari etib Belgiyadagi hamyurtimiz Muattar Bositxonova tayinlandi.
Mazkur yangi tuzilma xorijdagi vatandosh xotin-qizlar bilan tizimli ishlash, ularni mamlakat taraqqiyoti jarayonlariga yaqindan jalb qilish, milliy madaniyatimizni asrab-avaylash va o'zbek yoshlarini ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi