Logo

Novosibirskda Vatan sog'inchi va yumor oqshomi bo'lib o'tdi

Iyun 24, 2025. 14:14 • 30 soniya

47
Novosibirskda Vatan sog'inchi va yumor oqshomi bo'lib o'tdi

NOVOSIBIRSK, 24-iyun. /"Dunyo" AA/. Sibir poytaxtida taniqli qiziqchi va so'z ustasi Avaz Oxunning ijodiy kechasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

San'atkor ijodiga oshifta muxlislar bilan to'lgan zalda, Avaz Oxun tomonidan ijro etilgan yangi monologlar va latifalar tomoshabinlar tomonidan gulduros qarsaklari bilan kutib olindi.

Ta'kidlash joizki, taniqli so'z ustasining Novosibirskka gastrol safari ilk bor tashkil etildi. Shu bois, Sibir poytaxtida vaqtincha va doimiy istiqomat qilayotgan vatandoshlar mazkur konsert dasturiga yuqori qiziqish bildirishdi.

Konsert dasturi yakunida O'zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi nomidan Avaz Oxun va uning jamoasiga faxriy yorliq topshirildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish