Logo

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida oilaviy zo'ravonlik qurboni bo'lgan ayol va uning bolalari O'zbekistonga qaytarildi

Aprel 10, 2025. 11:49 • 44 soniya

270
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida oilaviy zo'ravonlik qurboni bo'lgan ayol va uning bolalari O'zbekistonga qaytarildi

YEKATERINURG, 10-aprel. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan Yekaterinburg shahrida oilaviy zo'ravonlik qurboni bo'lgan ayol va uning voyaga yetmagan farzandlariga amaliy yordam ko'rsatildi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Bosh konsulxonadan olingan ma'lumotlarga ko'ra, joriy yilning 1-aprel kuni O'zbekiston fuqarosi M.T. Yekaterinburg shahrida vaqtincha yashayotgan qizi va uning bolalarini turmush o'rtog'ining zulmidan ozod qilish va doimiy yashash manziliga yetib olishiga amaliy yordam berishni so'rab murojaat qilgan.

Mazkur oila 2024-yil yanvar oyida Yekaterinburg shahriga  ishlash maqsadida kelgan. Oiladagi kelishmovchiliklar, doimiy tazyiq va urush janjal ayolga jiddiy ruhiy ta'sir ko'rsatgan.

Bosh konsulxona xodimlari ushbu oila yashayotgan xonadonda bo'lib, mavjud holat bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so'ng, ayol va uning bolalari vaqtincha uy-joy bilan ta'minlandi. Hamyurtlarimizning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari yaroqsiz holga kelganligi va moliyaviy qiyin ahvolda qolganligi uchun Vatanga qaytish guvohnomasi hech qanday to'lovlar undirilmasdan rasmiylashtirildi. Shuningdek,"Yekaterinburg-Samarqand" aviaqatnoviga chipta xarid qilib berildi.

Vatandoshlarimiz 8-aprel kuni Yekaterinburg shahridagi "Kolsovo" xalqaro aeroportidan Samarqand viloyatiga kuzatib qo'yildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish