Xabarovskdagi hamyurtlarimizga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi

Noyabr 14, 2026. 10:30 • 58 soniya

• 126
Xabarovskdagi hamyurtlarimizga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi
Xabarovskdagi hamyurtlarimizga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi
Xabarovskdagi hamyurtlarimizga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi

XABAROVSK, 14-noyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlarining Xabarovsk shahriga xizmat safari amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Safar davomida Xabarovsk o‘lkasidagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish va ularning muammolarini bevosita joyida o‘rganish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulda 20 nafardan ortiq hamyurtlarimizning murojaatlari ko‘rib chiqildi. Ular tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, mehnat migratsiyasi jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar esa alohida nazoratga olindi.

Ayrim murojaatlar Xabarovsk o‘lkasining huquq-tartibot idoralariga belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va huquqiy baho berish uchun yuborildi.

Shuningdek, konsullik muassasasida O‘zbekiston fuqarolarining xorijga chiqish biometrik pasportlari hamda Vatanga qaytish guvohnomalarini rasmiylashtirish bo‘yicha murojaat qilgan yurtdoshlarimizning hujjatlari sayyor qabul davomida o‘z egalariga topshirildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish