O'zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Janubiy Koreyaning Goje milliy universiteti o'rtasida hamkorlik o'rnatiladi
Fevral 08, 2024. 17:19 • 2 daq
• 109
SEUL, 8-fevral./"Dunyo" AA/. O'zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Janubiy Koreyadagi vakolatxonasi vakillari Goje milliy universiteti rektori Ho Jong Sok bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida universitet va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o'rtasida ikki tomonlama Hamkorlik memorandumini imzolashga kelishib olindi.
Ushbu hujjatning imzolanishi Janubiy Koreyada bo'lib turgan O'zbekiston fuqarolari uchun quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- E-9 vizasi bilan ishlayotgan fuqarolarimiz koreys tilini bilish darajasi TOPIK II bo'lgan taqdirda Goje milliy universitetiga qabul qilinadi;
- fuqaroga bir vaqtning o'zida onlayn o'qish va ishlash imkoniyati yaratiladi;
- o'qish muddati 2 yil bo'lib, o'qishni tugatishi bilan bakalavr diplomi beriladi.
Bugungi kunda Goje shahri aynan kemasozlikka ixtisoslashtirilgan shahar bo'lib, bu yerda Janubiy Koreyada mavjud kemasozlik sanoatidagi eng yirik — "Samsung Heavy Industries" va "Daewoo Heavy Industries" korxonalari joylashgan.
Goje universiteti faoliyati aynan kemasozlikka yo'naltirilgan bo'lib, ushbu gigant korxonalarga ishchi kuchini yetkazib berish bo'yicha yetakchi ta'lim muassasasi sanaladi.
Shu o'rinda qayd etish kerak, Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida ishlab chiqarish, qurilish, qishloq xo'jaligi va xizmat ko'rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohalarida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo'lgan fuqarolar joriy yil 8-14-fevral kunlari ariza to'ldirib, onlayn ro'yxatdan o'tishi mumkin.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi