Toshkentga gepatit C ga qarshi dori vositalarining joriy yildagi yettinchi partiyasi yetib keldi
Mart 03, 2024. 13:32 • 34 soniya
• 460
QOHIRA, 3-mart. /"Dunyo" AA/. Kecha Misr hukumati tomonidan С gepatitiga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositasining navbatdagi partiyasi O'zbekistonga yetkazib berildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Umumiy 12 dona qutilarda 6720 dona "Sofosbuvir-400mg" dori vositalari O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
Misr hukumati tomonidan 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar bo'lgan jami 800 ming dona C gepatitiga qarshi "Daklatasvir" va "Sofosbuvir", B gepatitiga qarshi "Entekavir" dori vositalarining berilishi bo'yicha kelishuvga erishilgan edi.
Hozirgi kunga qadar vazni 13,4 tonnaga teng bo'lgan mazkur dori vositalari Misrdan mamlakatimizga bosqichma-bosqich yuborildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi